Vaalaykum assalom va rohmatullohi va barakatuhu. Yemaganingiz yaxshi, chunki ular har bitta mahsulot uchun alohida aralashtirgich yoki qo’shimcha uskuna sotib olmaydi. Orqasiga buni yozib qo’yishdan maqsad ham shu. Masalan, ba’zi bir go’shtdan allergiyasi bor bo’lgan odamlarga bu mahsulotni yeyishni maslahat berilmaydi. Lekin bu mahsulot tarkibida go’sht bo’lmaydi. Xop, bunga sabab nima? Sabab, go’sht aralashmagani bilan, o’sha mahsulot go’sht qo’shilib ishlatiladigan bir qurilmada tayyorlangan. Bu barbir mahsulot tarkibiga o’z ta’sirini ko’rsatishini anglatadi.